Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulugʻbek Inoyatov uchrashuvni kirish soʻzi bilan ochib berdi. Nomzodning Jizzax viloyatidagi ishonchli vakili Nuridddin Xolmatov Maqsuda
Vorisovaning tarjimayi holi va faoliyati bilan tanishtirdi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova saylovchilar huzurida chiqish qilib ularni oʻzining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.
— Biz “Barchaga gʻamxoʻrlik — davlatning burchi” bosh shiori ostida kurash maydoniga kirdik, — dedi Maqsuda Vorisova uchrashvda.