Margʻilon shahridagi AGTKSH 456 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Margʻilon shahrida joylashgan “S.F.G” MCHJ.ga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shahobchasida elektron gaz hisoblagich konfiguratsiyasiga gaz quvuri diametri 100,09 mm boʻlishi oʻrniga 109,09 mm kiritilgani aniqlandi.

    Mazkur qoidabuzarlik “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida maʼlum boʻldi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasi manfaatiga 456 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.

    Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.