“Toshkent” xalqaro aeroporti» chegara bojxona posti kichik inspektor-kinologi B.Roʻziyevga biriktirilgan “Archi” laqabli xizmat iti ishtirokida poytaxtimizning Yunusobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro 1 dona qogʻoz quti ichida boʻlgan, Markaziy bojxona laboratoriyasi sud ekspertiza xulosalarida umumiy ogʻirligi 886,426 gr etib koʻrsatilgan marixuana giyohvandlik moddalari boʻlgan kuryerlik joʻnatmasini qabul qilib olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan toʻxtatib qolingan.
Ushbu fuqaroning Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi dalahovlisi koʻzdan kechirilganda esa, marixuana yetishtirish uchun moʻljallangan laboratoriya tashkil qilgani fosh boʻldi.
Dalahovlidan jami 200 tup marixuana oʻsimligi hamda taxminan 5 kg ogʻirlikdagi quritilgan marixuana kukunlari topilib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.