Biroq, ayrim shaxslar tomonidan zahri qotillar savdosi bilan shugʻullanish holatlari hamon uchramoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida fuqaro  M.R. shartli xaridorga 143  dona gugurt qutilarga solingan “marixuana” giyohvandlik vositasini har bir qutisini  250 ming soʻmdan jami 35 750 000 soʻmga sotmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olindi. Ushbu “marixuana” giyohvandlik vositasi maxsus tarozida oʻlchab koʻrilganida uning umumiy ogʻirligi 837,20 grammni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.