Mark Sukerbergning boyligi 100 milliard dollardan oshdi, ammo u eng boy odamlar roʻyxatida 4-oʻrinda

    Biznes 10 Avgust 2020 683

    Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerbergning boyligi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi.

    Bu rekord “facebook”ga tegishli instagramda AQSHda katta muammolarga duch kelayotgan Xitoyning TikTok tarmogʻining analogi boʻlgan Reels qisqa video-servisining 5-avgust kuni ishga tushirilishidan keyin aksiyalarning oʻsishi bilan bogʻliq, deb xabar beradi Bloomberg nashriga tayanib “RBK”.

    Maʼlumotlarga koʻra, Sukerbergdan tashqari, hozirgi kunda dunyoda atigi ikki kishi 100 milliard dollardan koʻproq boylikka ega. Ular Amazon bosh direktori Jeff Bezos (190 milliard dollar) hamda Microsoft asoschisi Bill Geytslar (120 milliard dollar).

    Biroq Forbes maʼlumotlariga koʻra, Louis Vuitton Moët Hennessy guruhi rahbari Bernard Arnault va uning oilasi (104 milliard dollar) boyligi boʻyicha uchinchi oʻrinda turibdi, Sukerberg esa toʻrtinchi oʻrinda qayd etilgan.

    Bloombergʻning yozishicha, 2020-yil yirik texnologiya kompaniyalari egalariga katta daromad olishga imkon berdi. Boisi, odamlar koronavirus pandemiyasi tufayli internetda koʻproq vaqt sarflashmoqda. Yil boshidan beri Sukerberg qariyb 22 milliard dollar, Bezos esa 75 milliard dollardan koʻproq daromad topgan.