Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Toyloq tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.s.” AJning Toyloq tuman sugʻurta markazi boshligʻi B.M. oʻziga ishonib topshirilgan jami 101,1 mln soʻm soʻmlik sugʻurta polisi pullarini kirim qilmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.