Markazdan yuzlab kilometr olisdagi ogʻir hududda yangi markaz ochildi

    Ijtimoiy hayot 19 Oktabr 2023 783

    Ushbu servis markazining oʻrtacha quvvati bir kunda 450 dona maishiy gaz ballonlari saqlash va tarqatish imkoniyatini yaratadi.

    “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan tumanning “Duoba” mahallasida “Duoba”, “Xujoydod”, “Oʻrmonchi” va “Dexibolo” mahallarida yashovchi jami 1218 ta xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib berishda qulaylik yaratish maqsadida “Duoba” maishiy gaz ballonlarni saqlash va tarqatish servis markazi qurib foydalanishga topshirilmoqda.

    Viloyatning 14 ta shahar va tumanlari ichida Boysun – oʻziga xos tabiat manzaralari bilan shuhrat qozongan hudud.

    Tumandagi Dugʻoba, Dehbola, Oʻrmoncha va Xoʻjayidod qishloqlari Termiz shahridan 220-230 chaqirim uzoqda joylashgan. “Boysuntumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ana shunday murakkab yoʻlni bosib, maxsus “Kamaz” va “MAN” rusumli avtotransport vositalari bilan aholiga oʻz vaqtida suyultirilgan maishiy gaz ballonlarini yetkazib berib kelishayotgan edi.

    Qishining qahraton vaqtlarida 70-80 santimetr yerga qor tushganda, qor va yomgʻir aralash yogʻganda togʻ yoʻllardan yurish anchay qiyinchilik tugʻdirar edi. Endi servis markazi orqali ishimiz ancha yengilashdi. Qormi, yomgʻirmi endi zahira gaz ballonlari shu hududning oʻzida doimiy qish mavsumida saqlanib turadigan boʻldi.

    Isteʼmolchilarning oʻzlari boʻshagan gaz ballonlarini servis markaziga olib kelishib toʻldirilgan maishiy gaz ballonlariga almashtirib ketish imkonyati yaratildi-deydi “Boysuntumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimi Zokir Hursandov.

    Aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish jarayonida qishloqqa yaqin joyda qurib foydalanishga topshirilgan “Servis markazi” ularni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarga oʻz vaqtida yechim toganligini alohida soʻzlar berishdi.

    Mahallaga joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 64,92 tonna suyultirilgan gaz rejasi ajratilgan boʻlsa amalda 62.96 tonna shundan sentyabr oyida 10,64 tonnasi 532 dona gaz ballonlari orqali yetkazib berildi.

    Shuningdek xududda yangidan tashkil etilgan xoʻjaliklarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash uchun jami 15 dona gaz ballonlari ajratilishi taʼminlandi.

    Ushbu servis markazining oʻrtacha quvvati bir kunda 450 dona maishiy gaz ballonlari saqlash va tarqatish imkoniyatini yaratadi.

    Servis markazida “Yongʻin xavfsizligi” burchagi tashkil etilgan va 2 tonna suv saqlashga moʻljallangan 1 dona sigʻim oʻrnatilgan.