Unga koʻra, ertaga, 22-dekabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 476 soʻm 92 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 3 soʻm 15 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 786 soʻm 03 tiyinga baholanib, 49 soʻm 58 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 1 soʻm 55 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 141 soʻm 27 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.