Markaziy bank 9-oktyabr uchun yangi valyuta kurslarini eʼlon qildi

    Moliya 8 Oktabr 2025 25474

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025-yil 9-oktyabr sanasidan amal qiladigan rasmiy valyuta kurslarini maʼlum qildi.

    Unga koʻra AQSH dollari kursi 12 072,03 soʻmni tashkil etib, 33,35 soʻmga oʻsdi. Yevro 14 016,83 soʻmga teng boʻlib, 27,49 soʻmga pasaydi.

    Funt sterling 16 180,14 soʻmga teng, 4,66 soʻmga arzonlashdi. Rossiya rubli 148,01 soʻm boʻlib, 1,39 soʻmga oshdi. Xitoy yuani 1 695,61 soʻm boʻlib, 4,69 soʻmga oʻsdi. Yapon iyenasi 78,92 soʻm boʻlib, 0,94 soʻmga pasaydi. Qozoq tengesi 22,36 soʻm boʻlib, 0,11 soʻmga oshdi.