Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

    Moliya 11 Sentabr 2025 950

    Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

    Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi 11-sentyabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

    Markaziy bankning bergan xabariga koʻra:

    • Avgust oyida inflyatsiya 8,8% ni tashkil etdi (iyulga nisbatan pasayish qayd etilgan).
    • Bazaviy inflyatsiya 7,6% gacha tushdi.
    • Energiya narxlari oshishi va yalpi talab yuqoriligi xizmatlar inflyatsiyasini yuqori darajada saqlab turibdi.
    • Inflyatsion kutilmalar pasayishga qaramay, hali ham umumiy inflyatsiyadan yuqori.

    Iqtisodiy oʻsish:

    • 2025-yilning birinchi yarmida oʻsish 7,2% gacha tezlashdi.
    • Xizmatlar sohasi bilan birga sanoat, qurilish va qishloq xoʻjaligida ham oʻsish kuzatildi.
    • Kreditlash surʼatlari, byudjet xarajatlari va investitsiyalarning oʻsishi yalpi talabni qoʻllab turmoqda.

    Xalqaro omillar:

    • Jahonda oziq-ovqat narxlari oʻsmoqda.
    • Asosiy savdo hamkorlarida inflyatsiya yuqori boʻlib turibdi.
    • Bu holat import inflyatsiyasi kuchayishiga olib kelishi mumkin.

    Prognoz:

    • Yil yakuniga qadar inflyatsiya 8,7% atrofida boʻlishi kutilmoqda.
    • Narxlar barqarorligini taʼminlash uchun qatʼiy pul-kredit siyosati davom ettiriladi.

    Markaziy bankning navbatdagi yigʻilishi 2025-yil 23-oktyabrda boʻlib oʻtadi.