Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi 11-sentyabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Markaziy bankning bergan xabariga koʻra:
- Avgust oyida inflyatsiya 8,8% ni tashkil etdi (iyulga nisbatan pasayish qayd etilgan).
- Bazaviy inflyatsiya 7,6% gacha tushdi.
- Energiya narxlari oshishi va yalpi talab yuqoriligi xizmatlar inflyatsiyasini yuqori darajada saqlab turibdi.
- Inflyatsion kutilmalar pasayishga qaramay, hali ham umumiy inflyatsiyadan yuqori.
Iqtisodiy oʻsish:
- 2025-yilning birinchi yarmida oʻsish 7,2% gacha tezlashdi.
- Xizmatlar sohasi bilan birga sanoat, qurilish va qishloq xoʻjaligida ham oʻsish kuzatildi.
- Kreditlash surʼatlari, byudjet xarajatlari va investitsiyalarning oʻsishi yalpi talabni qoʻllab turmoqda.
Xalqaro omillar:
- Jahonda oziq-ovqat narxlari oʻsmoqda.
- Asosiy savdo hamkorlarida inflyatsiya yuqori boʻlib turibdi.
- Bu holat import inflyatsiyasi kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Prognoz:
- Yil yakuniga qadar inflyatsiya 8,7% atrofida boʻlishi kutilmoqda.
- Narxlar barqarorligini taʼminlash uchun qatʼiy pul-kredit siyosati davom ettiriladi.
Markaziy bankning navbatdagi yigʻilishi 2025-yil 23-oktyabrda boʻlib oʻtadi.