Munosabatda keltirilishicha, “Humans Mobile PTE LTD” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston davlat organlari va idoralari, shu jumladan Markaziy bankning harakati bilan 2003-yil 15-iyuldagi “Singapur Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida“gi Bitimning ayrim talablari buzilganligi bildirilib, 2025-yil 20-mayda xalqaro markazga Oʻzbekistonga nisbatan arbitraj jarayonlarini boshlash uchun ariza kiritilgan.
Daʼvogarning arizasi xalqaro arbitraj markazi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib hozirda arbitraj nizosini mazmunan koʻrib chiqishga tayyorlash bosqichida ekanligi bildirilgan holda, ish jarayonlaridan kelib chiqib qoʻshimcha tafsilotlar berib borilishi maʼlum qilinadi.
Maʼlumot uchun, “Maroqand” AJ toʻlov tashkilotida fuqarolarning pullari qonunchilikda savdosi va xizmat koʻrsatilishi taqiqlangan xizmatlarga (qimor oʻyinlar) oʻtkazilganligi sababli, ushbu toʻlov tashkilotining ayrim toʻlov xizmatlarini amalga oshirishi 2024-yil 25-sentyabrdan boshlab olti oy muddatga cheklangan hamda toʻlov tashkiloti faoliyatida aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan edi.