Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim  voqealariga bagʻishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi.

Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bagʻishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmagan.