Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, anglashuv memorandumi imzolandi.
Muloqot davomida umumiy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, oliy oʻquv yurtlari talabalarini ish bilan taʼminlash, Markaziy bank xodimlarining axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik yoʻnalishida malaka oshirishlarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.