Markaziy bank kompyuter hujumlariga qarshi kurashishni kuchaytiradi

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda TOO “Kaspersky Lab KZ” oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv Memorandumi imzolandi.

    Memorandum tashkilotlarning faoliyatlari doirasida oʻzaro munosabatlarini kengaytirishga qaratilgan.

    Mazkur hujjat kompyuter hujumlariga qarshi kurashish va tashkilotlarning axborot xavfsizlik darajasini oshirish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorligini tashkil etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.