Markaziy bankda Koreya taraqqiyot banki raisi bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Markaziy bankda Koreya taraqqiyot banki raisi Seog-Xoon Kang boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, KDB bankining Oʻzbekistondagi shoʻba banki faoliyatiga oid koʻrsatkichlari muhokama etildi.

    Shuningdek, uchrashuvda mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy holat, bank tizimidagi oʻzgarishlar, xususan davlat banklarining transformatsiya jarayonlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun koʻrsatiladigan bank xizmatlari koʻlami yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuv soʻngida ikki tomonlama hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.