Markaziy bojxona laboratoriyasida giyohvandlik va psixotrop moddalar va perekursorlar ekspertizasi yoʻlga qoʻyildi

    Mamlakatimizda 7 Iyun 2022 1774

    7-iyun soat 12:00da AOKAda Markaziy bojxona labaratoriyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar toʻgʻrisida brifing boʻlib oʻtdi.

    Davlat bojxona qoʻmitasi xizmati rahbari Husan Tangriyev ishtirok etdi. 2021-yil noyabr oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan Jahon bojxona kotibi va Davlat bojxona qoʻmitasi rahbariyati tomonidan Markaziy bojxona labaratoriyasiga Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy labaratoriyasi maqomini berish boʻyicha tarixiy hujjat imzolangan.

    Markaziy bojxona laborotoriyasi respublika xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorga sifatsiz va qalbakilashtirilgan mahsulotlarning kirib kelishining oldini olishda muhim rol oʻynaydi.

    Eng muhim yangiliklardan biri 2022-yil may oyidan Markaziy bojxona labaratoriyasiga giyohvandlik va psixotrop moddalar va perekursorlar ekspertizasini amalga oshirish ham yoʻlga qoʻyilgan.

    Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining markaziy bojxona labaratoriyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga ekspertlik faoliyati sohasida pulli bojxona ekspertizasi, sertifikatlash bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy tadqiqot va axborot xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar belgilab berilgan.

    Brifingda yurtimiz 2020-yilda “Bojxona tartib taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisida”gi Xalqaro konvensiyaga, yaʼni Kioto konvensiyasiga qoʻshilgan. Ushbu konvensiyadan kelib chiqib bojxona organi tovarlarning labaratoriya tahlili, batafsil texnik hujjatlar yoki eskpert xulosasi zarur degan qaror kelganda, bunday ekspertiza natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish amaliyoti joriy qilingan.

    Markaziy bojxona labaratoriyasi ushbu turdagi tovarlarning tasniflanishi boʻyicha oʻtkazilgan tahlillar natijasida amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

    Ozoda Xudoyberdiyeva,

    OʻzJOKU talabasi