“Markaziy Osiyo ayollari iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi AQSH Savdo vazirligi va Davlat departamenti tomonidan tashkil etilgan. U mintaqada ayollar tomonidan boshqarilayotgan biznes va tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda elektron savdoni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Tadbirda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzolari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan mamlakatimizda “elektron hukumat” hamda gender tenglikni taʼminlash yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Muloqot davomida koʻproq davlat xizmatlarini onlayn joylashtirishga undash hamda ayollarning rasmiy iqtisodiyotda faol ishtirokini ragʻbatlantiruvchi dalillarga asoslangan siyosat ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish, biznesni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlarini maqbullashtirish boʻyicha ilgʻor tajribalar muhokama etildi.

Shuningdek, xususiy sektor va davlat xizmatchilari oʻrtasidagi muloqotni yangi darajaga koʻtarish, ragʻbatlantirish va mustahkamlash, xususiy sektorga mintaqadagi ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan muayyan ustuvor yoʻnalishlarda aniq masalalarni koʻtarish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining adliya, statistika hamda gender masalalariga masʼul vakillari ham oʻz taqdimotlari bilan qatnashdi.

Ishtirokchi mamlakatlar tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan qator takliflar bildirildi.

Ishchi guruh oʻz ishini 15-mart kuni ham davom ettiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.