Uchrashuvda joriy yil 25-oktyabrda Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) tashqi ishlar vazirlari darajasida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumining boʻlajak 15-yigʻilishi kun tartibi, dasturi va tashkiliy masalalari kelishib olindi.
Ishtirokchilar shu yil oʻzining 15 yilligini nishonlayotgan ushbu format doirasidagi oʻzaro hamkorlik darajasini yuqori baholadilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilganidek, Koreya Respublikasi va mintaqa davlatlari oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi arafasida boʻlib oʻtadigan tashqi ishlar rahbarlarining uchrashuvi tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik, ishonch va doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim voqea boʻlishi shubhasiz.