Forumda Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Xitoy, Qatar, Rossiya va boshqa davlatlardan media sohasi rahbarlari va yetakchi ekspertlar ishtirok emoqda, deya xabar beradi Kazinform.
Xabarda aytilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari qoʻshma telekanal va media platformani yaratishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva Ostonada boʻlib oʻtgan II Markaziy Osiyo media forumida maʼlum qildi.
Bundan tashqari, vazir Oʻzbekiston bilan 2025-yilgacha hamkorlik rejasi imzolanganini maʼlum qildi. Rejada kontent almashish, treninglar, soxta xabarlarga qarshi kurashish va yosh jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar oʻrin olgan.
Aida Balayeva Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ham ushbu tashabbusga qoʻshilishga chaqirdi.