Seminarda "Maqsud Shayxzoda asarlarida inson falsafasining o'rni", "Qardosh xalqlar adabiyotining umumiy falsafasi", "Tarixiy asarlarda erkinlik g'oyalari (Shayxzoda dramalari misolida)", "Turkiy xalqlar adabiyotiga umumiy chizgilar" kabi mavzularda ma'ruzalar qilindi. Olimlar Maqsud Shayxzoda ijodining falsafiy-intellektual shaklli va erkinlik g'oyalari haqida fikr almashdi.
Mazkur xalqaro ilmiy seminar faylasuf va adabiyotshunos olimlarning ilmiy munozaralari sifatida tashkil etilgan dastlabki tadbir sifatida ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
Tadbirda ishtirok etgan universitet talabalari atoqli adabiyotshunos olim Maqsud Shayxzoda haqida o'zlari uchun muhim bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Dilshod RAHMATOV,
Toshkent davlat transport universiteti matbuot kotibi