Bugungi kunda yongʻin xavfsizligi har bir mamlakat uchun dolzarb va strategik ahamiyatga ega masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
“World Health Rankings” maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda har 100 000 kishi hisobida 1.70 darajada yongʻinlar sababli fuqarolar vafot etgani qayd etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida yongʻinlardan vafot etish boʻyicha Tojikiston (3.37) eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlib, Qirgʻiziston esa (1.15) eng past darajada qayd etilgan.
Yongʻinlarning kelib chiqishiga qishloq hududlarda xavfsizlik choralarining yetarli emasligi, elektr tarmoqlarining eskirganligi va xabardorlikning past darajada ekanligi asosiy sabab sifatida koʻrsatilmoqda.
Mazkur koʻrsatkichlar Markaziy Osiyo davlatlarida yongʻin xavfsizligi sohasini yanada takomillashtirish hamda qoʻshimcha choralar koʻrish kerakligiga ishora qiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot oʻrnida, Washington Post xabariga koʻra, 2025-yil 7-yanvardan beri Los-Anjelesda uchta yirik yongʻin 40 000 akr maydonni vayron qilgan, 12 mingdan ortiq inshootni yoʻq qilgan va 150 mingdan ortiq odamni oʻz uyini tark etishga majbur qilgan.