Tabiiy ofatdan 2476 kishi jabrlandi. Eng ko'p qurbonlar Al-Hauz (1452) va Tarudant (764) viloyatlarida qayd etilgan. Bir kun avval Marokash rasmiylari 2122 kishi qurbon bo'lgani va 2420 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

O'tgan juma kuni Marokashda 6,9 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Tabiiy ofat 1960-yilda 12 mingdan ortiq odamning qurbon bo'lishiga olib kelgan zilziladan keyin eng halokatlisi bo'ldi, deb xabar beradi mir24.tv.

Qizil yarim oy jamiyatiga ko'ra, ko'rilgan zararni qoplash uchun yillar kerak bo'lishi mumkin.