Mazkur sunʼiy yoʻldosh qizil sayyoraning yuza qismini suratga olib, tasvirlarni NASAga yuborish bilan shugʻullanadi.
Agentlik tomonidan eʼlon qilingan sayyoraning yangi tasvirlarida “choʻchigan ayiq” qiyofasi aks etgan. Marsda ayiq yoʻq, albatta. Bu shunchaki Marsdagi bir nechta kraterlar, tepaliklar va yoriqlardir.
HiRise ekspertlarining xabar berishicha, ayiq “burni” vulqon taʼsirida yuzaga kelgan. “Yuzi”ning diametri taxminan 2 ming metr.