Bu haqda Report agentligi xabar berdi.
Zondlar amerikalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Raketa Florida shtatidagi Kanaveral` burnidan mahalliy vaqt bilan soat 15:55 da uchirildi. Kompaniya sun'iy yo'ldoshlar Marsga yo'l olgan koinot kemasidan 34 daqiqadan so'ng ajralib chiqqanini tasdiqladi. Zondlar sayyora orbitasiga 2027-yil sentabrida yetib boradi.
Uchirish dastlab 9-noyabrga rejalashtirilgan edi. Biroq, yomon ob-havo va quyosh faolligining oshishi tufayli u ikki marta qoldirildi.
Bu uchirish Ilon Maskning SpaceX raketalari bilan raqobatlasha oladigan New Glenn raketasi uchun ikkinchi imkoniyat bo'ldi. New Glennning birinchi sinovi 2025-yil yanvar oyida bo'lib o'tgan edi, deb xabar berdi oz.inform.kz.
Avvalroq SpaceX Pentagonning eng yirik raketa uchirish pudratchisiga aylangani haqida xabar berilgan edi.