InSight Marsda 2018-yildan 2022-yilgacha ishlagan. Qizil sayyoraning ichki tuzilmalarini o'rganish uchun undan foydalanilgan, shu bilan birga u Marsning aylanish tezligini o'lchash uchun radioantennalar bilan ham jihozlangan edi.
Qurilma NASAning uzoq masofaga fazoviy aloqa tarmog'i – yer sharining turli burchaklarida joylashgan radioteleskoplar va boshqa aloqa uskunalari majmuasiga ulangan. Bir necha yil davomida doimiy ravishda kuzatishlar olib borildi. Bu vaqt mobaynida olimlar radioto'lqinlar uzunligining o'zgarishini baholashga muvaffaq bo'lishdi, chunki qurilmaning joylashuvi Yerga nisbatan o'zgargan.
Natijalar Marsning aylanishi yiliga 4 millisoniyaga tezlashayotganini ko'rsatdi. Bu Mars kunini yiliga bir necha millisoniyaga qisqartiradi.
Biroq olimlar sayyoraning aylanish tezligiga nima ta'sir qilganini aniqlay olishmadi. Yerda bu jarayon Oy bilan bog'liq. Ammo Marsning sun'iy yo'ldoshlari ancha kichikroq va mazkur hodisalarni yuzaga keltira olmaydi. Nazariyalarga ko'ra, tezlashuv qutb qopqoqlarida to'plangan muz massasining siljishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.