Maserati – Italiyaning lyuks klassidagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlib, 1914-yil 1-dekabrda Boloniyada tashkil etilgan.

Kompaniya hozirda Modenada joylashgan va uning logotipi uch tishli nayza sanaladi. 1993-yildan beri kompaniya Amerika-Italiya giganti Fiat Chrusler Automobiles (FCA) va italiyalik sobiq sherigi Fiat S.P.A. ga tegishli hisoblanadi.

Maserati logotipidagi uch tishli nayza Boloniyadagi mashhur Neptun favvorasidan olingan. Bu tasvir kompaniyaning sport avtomobillari uchun juda mosdir. Chunki Neptun kuch va quvvat ramzidir.

Maserati logotipi birinchi marta 1926-yilda aka-ukalar ilk avto modeli “Tipo – 26” ni konteynerdan chiqarganda ommaga taqdim etilgan.