Qayd etilishicha, Husnora boshqaruvida boʻlgan “Equinox” rusumli avtotransport vositasi yoʻlning 3-va 4- qatorini yopib qoʻyib, sunʼiy tirbandlik hosil qilgan. Bu esa 4-qatordan foydalanishi kerak boʻlgan boshqa haydovchilarning noroziligiga sabab boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu holat Toshkent shahar Nukus yoʻlida sodir boʻlgan.
“Haydovchi mashina ichida musiqani baland qilib raqsga tushib oʻtirgan ekan. Men ishora berganimdan soʻng eʼtibor berib, qaradi. Oramizdagi masofa uzoq boʻlganligi uchun men baland gapirishga majbur boʻldim. Shu orada svetoforning yashil chirogʻi yonib, mashinalar harakatlanishni boshladi. Men tomonimdan “Equinox” haydovchisiga nisbatan hech qanday haqoratli gap ishlatilgani yoʻq. Qonun doirasida xizmat olib bordim“,— deydi yoʻl patrul xizmati xodimi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.









