“Sizlar bilan mashg'ulot o'tkazish men uchun sharafdir”, — deb yozdi Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Mask avvalroq o'rta va yarim o'rta vaznda sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Pyer bilan jangga tayyorgarlik ko'rgan.

Mask Sukerbergni jangga chorladi. Sukerbergning kompaniyasi Project 92 nomi ostida Twitterga raqobatchi tayyorlayapti. Tadbirkorlar hatto Rimdagi Kolizeyda jang o'tkazish imkoniyatini ham ko'rib chiqishdi, deb xabar berdi mir24.tv.