Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 13 dekabr kuni soat 13:00 larda Qo'shko'pir tumani Hayrobod qishlog'ida yashovchi 38 yoshli fuqaro "Lacetti" rusumli avtomobilni mast holatda katta tezlikda haydab ketayotib, boshqaruvni yo'qotgan.

Oqibatda u yo'lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yo'lning chekka qismida to'xtab turgan "Nexia"dan tushgan 35 yoshli fuqaroni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro olgan tan jarohati oqibatida tuman shifoxonasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, mast haydovchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.