Mast holda mashina boshqarib, mudhish jinoyat sodir etgan haydovchi qamoqqa olindi

    14 sentyabr kuni soat 22:00 larda Toshkent viloyati Parkent tumani Shampan qishlog'idan o'tgan avtomobil yo'lidan harakatlanib kelayotgan noma'lum haydovchi 1959 yilda Parkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N.ni urib yuborib, hodisa joyidan g'oyib bo'lgan.

    Oqibatda M.N. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

    Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari va Parkent tumani IIB YHXB qidiruv va surishtiruv inspektori serjant J.Ashrapov olib borgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo'l transport hodisasini 1982 yilda tug'ilgan, Parkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.N. “Vaz-2105” rusumli avtomobilda sodir etgani aniqlandi va qo'lga olindi.

    Ma'lum bo'lishicha, haydovchi o'shanda mast holda avtomobil` boshqargan.

    Hozirda haydovchiga nisbatan jinoyat kodeksining 266 va 117-moddalariga asosan jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.