2020-yil 4-may soat 19:30 da Urgut tumani «Tinchlik» mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 33 kilometrida mudhish voqyea sodir etildi.

27 yoshli haydovchi mast holatda «VAZ-2106» rusumli avtomashinasini Samarqand tomondan Tojikiston Respublikasi yo‘nalishi tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 29 yoshli haydovchining boshqaruvidagi «Gaz-5327» rusumli yuk avtomashinasining o‘ng yon tomoniga urib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida «Gaz-5327» rusumli yuk avtomashina yo‘lovchilari (haydovchining 22 yoshli turmush o‘rtog‘i va 2 yoshli farzandi) og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etganlar.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.