Bu haqda MY5 telekanalining Markaziy studiya dasturida xabar berildi.
Aldanganlar soni 70 nafarga yaqin boʻlib, 2019-yildan boshlab Umra ziyorati xarajatlari uchun toʻlov pullari Musulmonlar idorasi hisobraqamidan emas, tumanga biriktirilgan mansabdorning “choʻntagi”dan joy olgan.
Toʻlov qilgan fuqarolarning bildirishicha, ular hokimiyat binosida aldanishlari xayoliga ham kelmagan. “Biz tur firmalariga ishonmay, hokimiyat odamiga ishonib chuv tushdik”, deydi jabrlanganlardan biri.
Nega uch yil davomida hokimiyat binosi ichida firibgarlik yoʻli bilan yigʻilgan pullar va xodimning ustidan nazorat oʻrnatilmagan kabi savollar jabrlanganlarni qiynamoqda.
Hokimlik mutaxassis Jasur Moʻminov holatni izohlab, fuqaro qonuniy tartibda ishlash uchun roʻyxatga olinganidan keyin toʻlovni faqatgina bankka toʻlashi kerakligini taʼkidladi.
Maʼlum boʻlishicha, holat yuzasidan uzoq davom etgan tergov yakunlanib, ish sudga oshirilgan. Biroq sud zalida ayblanuvchining pullarni qaytarib berish vaʼdasiga ishonib, arizalarini qaytarib olishgan. Shu sababli ularga yetkazilgan moddiy zarar sud qarorida inobatga olinmagan. 27−30 nafar odam pullaridan voz kechib yuborgan.