Jumladan, oʻtgan vaqtdagi oʻrganishlar davomida Samarqand tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi masʼul xodimining faoliyatida shunday illatlar kuzatildi.

Joriy yil 5-oktyabrda fuqaro Samarqand tuman Davlat xizmatlari markazi orqali yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish yuzasidan soʻrov bergan. Tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi soʻrovni oʻrganib chiqish uchun tegishli mutaxassisga yoʻnaltirgan. Ammo, masʼul oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, soʻrov ijrosini 9 kunga kechiktirgan.

Vaholanki, vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida loyiha-smeta hujjatlari yuzasidan kelishishi yoki uni asosli rad etishi kerak.

Bundan tashqari, Arxitektura va qurilish boʻlimi mutaxassisining xizmat faoliyati davomida 7 ta obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan 18 ta yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish xizmatlarini koʻrsatishda maʼmuriy reglamentda belgilangan tartib va muddatlarni buzganligi aniqlandi.

Boshqarma tomondan Arxitektura va qurilish boʻlimi mutaxassisiga nisbatan yuqorida bayon etilgan barcha holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2155-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jazo chorasi qoʻllanildi, deb xabar beradi DXA Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.