Prezidentimiz tashabbusi bilan "Inson qadri uchun" tamoyili asosida olib borayotgan sa’y-harakatlar natijasida hukumat vakillari ko‘magi bilan Quvonchbek 40 mln. so‘m mablag‘ evaziga Toshkent shahrida murakkab jarrohlik operatsiyasini o‘tkazdi.

Ta’kidlash joizki, Quvonch bungacha tuman hokimligi, yoshlar Agentligi va mahalla faollari tomonidan viloyat va tuman shifoxonasiga davolanishi uchun yordamlar berilib, oila a’zolari doimiy nazoratga olingan.