Anjumandan koʻzda tutilgan asosiy maqsad mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlarida matematika va amaliy matematika fanlari oʻqitilishi sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishish va oʻzaro tajriba almashishdir.
Tadbirda turli sohalardagi masalalarni yechishda amaliy matematika usullari, matematik modellarining qoʻllanilishi va ularning ilmiy izlanishlardagi, innovatsion gʻoyalarni amalga oshirishdagi tadbiqlari bilan tanishildi. Respublika miqyosidagi oliy oʻquv yurtlarida xorijlik yetakchi olimlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar va izlanishlardan amaliyotda foydalanish, yoshlarni ilmiy tadqiqot ishariga keng jalb qilish xususida soʻz yuritildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi barcha OTMlardan algebra va analiz, differensial tenglamalar va dinamik sistemalar, matematikaning amaliy tadbiqlari va oʻqitish metodikasi yoʻnalishlarida 600 dan ortiq mualliflardan 400 ga yaqin materiallar tashkiliy qoʻmitaga kelib tushdi. Dasturiy qoʻmitaning taqrizidan oʻtgan 300 dan ortiq materiallar anjuman dasturiga kiritildi.