“Matonat” filmi Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Ushbu hujjatli film II jahon urushida qatnashgan 101 oʻzbekistonlik yurtdoshimiz haqida boʻlib, film urushda Gʻalabaga qoʻshgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok boʻlgan oʻzbek askarlariga bagʻishlanadi.

Film rejissyori Shuhrat Mahmudov, ssenariy muallifi Roziqa Mergenbayeva, operatorlar Rifkat Ibragimov, Rustam Magadiyev, rassom Bektosh Rajabov.

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan may oyida oʻtkazilgan kinohaftalik doirasida Toshkent va Samarqandda ushbu hujjatli filmning katta namoyishi boʻlib oʻtgan edi.

Premyeraga kinomutaxassislar, taniqli kinoijodkorlar, OAV vakillari va yoshlar taklif etildi.