Mavrikiyga kuchli to'fon yopirildi: orolda komendantlik soati joriy etildi

    Sakkiz metrli to'lqinlar tufayli Mavrikiy poytaxti Port-Lui qirg'og'ini suv bosgan. Avtomobillar va binolar ham suv ostida qoldi.

    Kuchli yomg'ir va tezligi soatiga 200 kilometrgacha bo'lgan shamol yuzlab sayyohni tashqi dunyodan uzib qo'ydi. Xalqaro aeroport o'z faoliyatini to'xtatdi.

    Mavrikiy hukumati mahalliy vaqt bilan dushanba kuni soat 20:00 dan seshanba kuni soat 12:00 gacha komendantlik soati joriy etilishini e'lon qildi.

    Komendantlik soatini buzganlarni 100 ming Mavrikiy rupiysi (2,3 ming dollar) gacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Ko'chalarda faqat favqulodda vaziyatlar va zaruriy xizmatlar xodimlari harakatlanishi mumkin.

    Orolda yuz bergan tabiiy ofatdan so'ng Milliy meteorologiya xizmati direktori iste'foga chiqdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.