Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1-maydan 31-maygacha Uzbekistan Airways Maxachkala—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlari kechikishi mumkin. Bu Haj—2025 dasturining oʻtkazilishi va Maxachkala xalqaro aeroportida yoʻlovchilar oqimining koʻpayishi bilan bogʻliq.
Aeroportga yetib kelishni oldindan rejalashtirishni va parvozdan oldingi nazoratdan oʻtishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kechikishlarni inobatga olish soʻraldi.