Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 23-avgust kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan «Pervomayskaya» stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagani edi.

Mazkur poyezd 27-avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.