May oyida 94,8 mlrd soʻmlik energiya resurslari oʻgʻirlangan

    Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 448 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.

    Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya“ tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari ishtirokida soʻngi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 229 ta holat aniqlandi.

    Unga koʻra, 35,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (57,9 mlrd soʻm) va 13,2 mln metr kub tabiiy gaz (36,9 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida jami 94 milliard 887 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.

    Shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 448 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

    Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.