“Oʻtgan yili Namanganda bir yangilikni reja qilgandik, afsuski pandemiya sababli amalga oshirishning imkoni boʻlmagandi.

Dunyo boʻylab koʻplab mamlakatlarda may oyining turli kunlarida Onalar kuni nishonlanadi. Biz ham bu yil may oyining ikkinchisi haftasini Fargʻona viloyatida Onalar kuni sifatida bayram qilsak, bayram qilganda ham “Onalarga ehtirom” bayrami nomi bilan ommaviy shodiyona sifatida oʻtkazsak,” deb taklif qildi viloyat hokimi.

Jaloliddin Rumiyning “Ona haqlariga diqqatli boʻl, uni boshingga koʻtar. Zero, onalar toʻlgʻoq mashaqqatini chekishni boʻyinlariga olmaganlarida chaqaloqlar dunyoga kelish uchun yoʻl topolmas edilar” degan hikmatini iqtibos qilgan Xayrullo Bozorov, “Biz “Onalarga ehtirom” bayrami doirasida azizu mukarram boʻlgan insonni dunyoga kelishiga sababchi boʻlgan Siz ayollar uchun, onalar uchun yana bir bor oʻz ehtiromimizni koʻrsatsak, 8-mart bilan birga onalarimizning ikkinchi bayramini ham nishonlasak, menimcha hammaga maʼqul boʻladi” deb fikr bildirdi.