Maydanak observatoriyasi turistlar tashrif buyuradigan manzilga aylantiriladi

    Turizm 18 Oktabr 2021 2172

    Qashqadaryo viloyati hokimi dam olish kunini Qamashining baland togʻli qishloqlarida oʻtkazib, qishloq ahlini turmush sharoitlari, saylov uchastkalari faoliyati bilan qiziqdi.

    Aholi uchun turmushda zarur boʻladigan xonadon anjomlari taqdim etdi. Maydanak observatoriyasi va uning atrofini koʻzdan kechirdi.

    — Foydalanilmasdan turgan binoni zamonaviy mehmonxonaga aylantiramiz, — dedi Zoyir Mirzayev. — Mahalliy va xorijiy turistlar sayyora va yulduzlarni kuzatishi uchun mehmonxona hududiga teleskop oʻrnatamiz. Barcha shart-sharoit va infratuzilmalarni ham yaratamiz. Bu yerdagi tabiat hech ham Zomin togʻlaridan qolishmaydi.

    Shuningdek, viloyat hokimi oʻz tashabbusi bilan qaytadan chiroy ochgan Langar ota ziyoratida ham boʻldi.