Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshligʻi oʻrinbosari va oʻrindoshlik asosida komission ekspertizalar boʻlimi sud-tibbiy eksperti Z.U. oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro I.ning 15.08.2020-yilda vafot etgan qarindoshi A.ning murdasini oʻlikxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollarini tamagirlik yoʻli bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.