Fransiya terma jamoasi 14:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Mbappe 24 yoshigacha 300 gol kiritib, bu borada portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messini ortda qoldirdi. Ronaldu va Messi bu marrani 25 yoshida zabt etishgandi. Kilian 407 uchrashuvda 300 ta gol urdi.

Fransiya terma jamoasining kechagi g'alabasi saralash turniri tarixidagi eng yirik g'alaba bo'ldi. Saralash bosqichining so'nggi o'yinida Didye Desham shogirdlari Gretsiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi, deb xabar beradi euro-football.ru.