Investitsiyalar va tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Tadbir davomida ITFCning mintaqa mamlakatlaridagi faoliyati va muvaffaqiyatli loyihalari, Islom savdosi moliyasini kengaytirish istiqbollari, moliya sektorini rivojlantirish va mintaqaviy savdoni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda ITB Prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir, ITB Boshqaruvchilar Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) ijrochi direktori Xani Salem Sonbol, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Markaziy banki, MDH hududidagi tijorat hamkor banklar rahbariyati va boshqa mansabdor shaxslar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan ITB raisi COVID-19 pandemiyasining oqibatlarini strategik tayyorgarlik va javob rejasi (SPRP) hamda “Respond, Restore and Restart” yondashuvi asosida bartaraf etishda tashkilotga a’zo mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ITB guruhining asosiy rolini ta’kidladi. “Hamkorligimizning to‘rt o‘n yilligi mobaynida viloyat miqyosida bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashda ITB Guruhi muhim rol o‘ynadi. ITB guruhi tomonidan MDH davlatlariga ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, transport va qishloq ho‘jaligi sohasidagi asosiy tarmoq va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan umumiy mablag‘ miqdori 6,4 mlrd dollarni tashkil etadi. Savdo sohasida mintaqada yetakchi o‘rinni Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) egallaydi, uni moliyalashtirish hajmi 1,2 mlrd dollardan oshadi. Mablag‘lar xususiy sektor, kichik va o‘rta korxonalar hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligining eng muhim tarmoqlarini qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan”, - dedi u o‘z nutqi davomida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov, o‘z navbatida, “ITFC bilan hamkorlik mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga hissa qo‘shishi mumkin. Ishonchimiz komilki, yaqin hamkorligimiz eksportchilarimizga xalqaro savdoni osonlashtiradigan yangi moliyaviy vositalardan qulay foydalanish, Islom taraqqiyot banki Guruhi va MDHga a’zo mamlakatlar bilan savdo qilishimizni kengaytirish imkonini beradi.

ITFC Ijrochi direktori MDHga a’zo mamlakatlarga ko‘mak ko‘rsatishda ITFCning muhim rolini ham ta’kidlab o‘tdi. Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar va hamkorlarimiz bilan birgalikda ITFC mintaqa davlatlari iqtisodiyotlarining barqaror o‘sishini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish borasida o‘ziga xos muammo va to‘siqlarni aniqladi. Eng ko‘p uchraydigan masalalardan biri – kichik va o‘rta korxonalarni moliyalashtirishga kirish va savdo salohiyatini rivojlantirish muammosidir. Mintaqaning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun ushbu ikki sohada ish olib borishni davom ettirish niyatidamiz.

Tadbir davomida xususiy sektorni, asosan, kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, asbob-uskunalar va xom-ashyo sotib olish uchun taqdim etilgan ITFC savdo yechimlari namoyish etildi. ITFC shuningdek, yaqin kelajakda ishga tushadigan “MDHda savdoni rivojlantirish dasturi” kabi savdoni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslari haqida gapirdi.

Sessiya yakunlari bo‘yicha ITFC va “Trastbank” o‘rtasida 15 mln dollarlik moliyalashtirishni ta’minlash bo‘yicha shartnomasi, shuningdek, O‘zbekiston va “Turonbank” o‘rtasida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) bo‘yicha hisobot berishni joriy etishga doir texnik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Xulosa o‘rnida Xani Salem Sonbol “ITFC pandemiya oqibatlarini bartaraf etishda yordamini davom ettirib, a’zo mamlakatlar uchun savdo yechimlarining yetakchi yetkazib beruvchisiga aylanishni rejalashtirmoqda. ITFC tomonidan 1,1 milliard dollar miqdorida savdoni moliyalashtirishni taqdim etgan COVID-19 pandemiyasiga javob berish Strategiyasi MDH mintaqasida iqtisodiy o‘sishni tiklash istagimizni aniq ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun: Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi a’zosidir. Korporatsiyaning asosiy maqsadi IHT (Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti)ga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish bo‘lib, u pirovard natijada dunyo aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan umumiy maqsadga erishishga xizmat qiladi. Tashkilot o‘z faoliyatini 2008 yilning yanvar oyida boshlagan va IHTga a’zo davlatlarga 55 milliard AQSh dollaridan ortiq savdo yechimlarini yetkazib, yetakchi provayderga aylangan. Korporatsiya unga a’zo davlatlarga savdo moliyasi xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda ko‘maklashadi va ularni jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beruvchi savdo salohiyatini yuksaltirish vositalari bilan ta’minlaydi.

ITFC 2019 yilda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon, Doiraviy bitimga ko‘ra, 13 operatsiyalar uchun 210 million dollar miqdorida moliyalashtirishni ma’qullagan hamda davlat va xususiy sektorning 150 mutaxassislari ishtirok etgan savdo salohiyatini oshirishga doir bir necha tadbirlar o‘tkazdi.