MDH oʻyinlarida vakillarimiz hisobidagi medallar soni 80 taga yetdi

    Sport 10 Sentabr 2021 920

    Qozon shahrida oʻtkazilayotgan birinchi MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining qoʻlga kiritgan medallari soni 80 taga yetdi. Ortda qolgan kunda yosh sportchilarimiz 13 ta medalga sazovor boʻldi, deya xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati.

    Medallarimiz oʻq otish sporti va dzyudoga toʻgʻri keladi. Yosh mergan qizimiz Dilafroʻz Qobiljonova oʻz toifasida kumush medalga sazovor boʻlgan boʻlsa, dzyudochilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamoamiz hisobiga keltirishdi. Batafsil:

    Oltin medal:
    -48 kg: Halimajon Qurbonova
    -57 kg: Shukurjon Aminova
    -100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
    +100 kg: Shohruh Baxtiyorov

    Kumush medal:
    -63 kg: Farangiz Hojiyeva
    -81 kg: Nurbek Murtazoyev

    Bronza medal:
    -66 kg: Dilshodbek Yoʻldoshev
    -100 kg: Suhrob Rajabov
    -63 kg: Farangiz Rejepova
    -70 kg: Farangiz Xolmurodova
    -78 kg: Irisxon Qurbonova
    +78 kg: Fotima Quramboyeva

    Bugungi medallar bilan hisoblaganda delegatsiyamiz 21 ta oltin, 29 ta kumush va 30 ta bronza, jami 80 ta medalga egalik qilmoqda.