Loyiha doirasida OʼzJOKU talabalari Toshkent viloyatining Boʼstonliq tumanidagi “Xoʼjakent” oromgohida boʼlib, Oʼzbekistonning turizm, sport va madaniy salohiyatini ochib berish hamda bunda OAVning roliga bagʼishlangan qator seminar va treninglarda ishtirok etishdi.

“Mediacamp” tadbirini Bosh vazir oʼrinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi, u Oʼzbekistonning  imijini yaratish, bu yerdagi islohotlar va yangiliklarni yoritishda OAV vakillarining oʼrni naqadar muhim ekani, bu borada boʼlajak jurnalistlarga katta umid bildirilayotganini taʼkidladi.

Shu oʼrinda Bosh vazir oʼrinbosari Samarqand shahridagi “Ipak yoʼli” xalqaro turizm universitetida aynan turizm sohasi targʼibotiga doir “Travel journalism” yoʼnalishining ochilgani hamda uning maqsadiga alohida toʼxtaldi va kelgusida “Mediacamp” loyihasini ikki universitet talabalari bilan birgalikda oʼtkazishni taklif etdi.

Tadbir doirasida yurtimiz sayyohlik salohiyati, jumladan Boʼstonliq tumani turistik salohiyati hamda sportni rivojlantirishga doir eng yaxshi material tayyorlagan talabalar ragʼbatlantirilishi maʼlum qilindi.