Iyul oyida Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida va yana Rossiya Federatsiyasining bir qator hududlarida bu kabi holatlar yuzaga kelgan, va bu hududlar rahbariyati chora koʻrishlari kerak, deb eʼlon qilgan Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev.
Medvedev “Koronavirus epidemiyasi oqibatlarini bartaraf qilish davrida tartib saqlashning dolzarb muammolari haqida”gi masala yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda “Hozirgi vaqtda mamlakatning baʼzi rayonlarida chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazlarida joy yetishmayapti. Bu esa jinoyat sodir etgan migrantlarni Rossiyadan deportatsiya qilishda qiyinchiliklar tugʻdiryapti”, — deb eʼlon qilgan.
Uning taʼkidlashicha, IIV maʼlumotlariga qaraganda, Moskvada, Sankt-Peterbugrda, Yekaterinburgda, Murmansk va Amur oblastlarida 2020-yil iyulida “Rossiya hududida mehnat faoliyatini olib borayotgan chet el fuqarolari tomonidan jamoat tartibini buzish hollari kuzatilyapti”. “Bu albatta, mazkur hududlar rahbariyatining qoʻshicha choralar qabul qilish haqida oʻylab koʻrishi uchun yaxshigina sabab” — deb qoʻshimcha qilgan Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari.