Tadbirda mehnat migrantlarini chet elga ketishdan avval til va kasbga tayyorlash, ularning yashash va ish sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Uchrashuvda mehnat migrantlari murojaatlari tinglanib, muammolarini tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hal etish choralarini koʻrish va natijasi boʻyicha fuqarolarga axborot berish zarurligi taʼkidlandi.

Rossiyadagi oʻzbek diasporasi vakillari bilan mehnat migratsiyasi va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.